Ish haqi miqdori oshiriladi

Ish haqi miqdori oshiriladi

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:

▪️byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.

▪️byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi.

Shuningdek:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm;

bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm etib belgilanadi.