Zo’ravon o’qituvchi va kaltaklangan o’quvchi: voqeada yana xabarlar sizmoqda

Zo’ravon o’qituvchi va kaltaklangan o’quvchi: voqeada yana xabarlar sizmoqda

Bugun saytimiz orqali «Toshkentda o’quvchini urgan muallimga nisbatan tegrovga qadar tekshiruv ishlari boshlan»gani haqida xabar bergandik. Ushbu voqea yuzasidan yana yangi ma’lumotlar paydo bo’lmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, Chilonzordagi 188-maktabda oʻquvchini urgan ayolning o’zi ham boshqa bir qancha huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilgan.

24-sentyabr kuni ayol qizi tahsil oladigan 204-maktabga borib, muassasa rahbariyati bilan janjallashgan va direktor oʻrinbosariga kuch ishlatgan.

Ayoldan jamoat joyida tartibga rioya qilishini soʻragan Milliy gvardiya va IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan keskin qarshilik koʻrsatgan.

Kecha jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudi 3 ta qoidabuzarlik boʻyicha ayolga 7 sutka maʼmuriy qamoq va BHMning 10 baravari miqdorida jarima tayinlagan.

Hozirda ayol maktabda oʻquvchini urgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda