Zaxarova Oʻzbekiston uchun nomaqbul shaxslar roʻyxatining boshida boʻlishi kerak – Rasul Kusherbayev
Biz biror marta ham Rossiya maktablarida boʻlayotgan ishlarga aralashmaganmiz. Chunki bu mutlaq Rossiyaning oʻz ichki ishi.
Shu jixatdan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovani Toshkentdagi maktab voqeasiga burnini tiqib, Oʻzbekistonning ichki ishlariga aralashayotgani shunchaki bir munosabat bilan oʻtib ketadigan voqea emas.
Afsuski tilidan zaxar tomishdan u yogʻiga oʻtmaydigan Zaxarovaning boshqa xalq va mamlakatlar ichki ishlariga aralashishi birinchi bor emas.
Qolaversa, yaqinda Oʻzbekistonni bosib olish haqida aytgan rossiyalik siyosatchining harakatlarini izohlashda ham Zaxar xonim Oʻzbekistonni kamsitgan edi.
Shu bois, yaqinda Senat qabul qilgan qonunga asosan, Zaxarovani “Oʻzbekistonda boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxati” kiritishning ayni vaqti. Roʻyxatni undan boshlash kerak. Toki, bu shaxs oʻzining haqoratomuz, shovinistik bayonotlari javobsiz qolmasligini real qilsin.»