Qozog‘istondagi «avariya»da vafot etganlarning 2 nafari bolalar bo‘lgan

Qozog‘istondagi «avariya»da vafot etganlarning 2 nafari bolalar bo‘lgan

Qozogʻistondagi YTHda vafot etgan Oʻzbekistonliklarning 2 nafari bolalar boʻlgan.

Tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, 16-oktyabr kuni Qozogʻistonning Mangʻistau oblastidagi YTHda halok boʻlgan 6 nafar Oʻzbekiston fuqarolarining 2 nafari voyaga yetmagan bolalar. Bundan tashqari, YTHda jabrlanib shifoxonaga tushgan 4 kishidan 2 nafari ham bolalar.

Ular Rossiyadan Oʻzbekistonga 10 kishilik minivenda qaytayotgan boʻlgan. Aqtaudagi O’zbekiston Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.