Toshkentdan-Madina yoki Jiddaga uchgan koʻplab reyslar Eronda xavo xududi yopilish sababli boshqa shaharlarga qoʻnishga majbur boʻldi va koʻplab reyslar kechiktirildi.
Eronda ayni vaqtlarda xavo xududi toʻliq yopilgan va u yerdan samalyotlar uchib oʻta olmaydi. Shu sabab bu Oʻzbekistonliklarga ham tasir qilmoqda.
Eron ustidagi havo hududining yopilishi munosabati bilan bir qancha aviakompaniyalar parvoz yoʻnalishlarini oʻzgartirdi.
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani va havo hududining bir qismi yopilganligi sababli bugun ertalab bir nechta aviakompaniya samolyotlari oʻz yoʻnalishlarini oʻzgartirishga majbur boʻldi.
“Jazeyera Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Quvayt yoʻnalishi boʻyicha J9-1650 reysi soat 04:50da uchib Toshkent ayeroportiga qaytdi – samolyot mahalliy vaqt bilan soat 07:06da joʻnash ayeroportiga qoʻndi.
Shuningdek, “Fly Dubai” aviakompaniyasining Dushanbe – Dubay yoʻnalishi boʻyicha FZ-778 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil ayerodromga yoʻl olishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 08:32 da Toshkentga kelib qoʻndi. Ekipajning dam olishi munosabati bilan Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 21:00ga belgilangan. Yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi.
“Fly Dubai” aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yoʻnalishi boʻyicha FZ-1942 reysi ham soat 04:58da havoga koʻtarilib, 06:58 da Ashxoboddagi muqobil ayerodromga qoʻndi.
“Centrum Air” aviakompaniyasining Jidda – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha C6-702 reysi ham xuddi shu sabab bilan Ar-Riyoddagi muqobil ayerodromga qoʻndi. Shuningdek, Madina – Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha C6-3336 reysi ham Toshkent vaqti bilan soat 08:17 da Al-Maktum (Dubay) ayeroportiga qoʻndi.
Ushbu reyslarning joʻnab ketishi haqidagi toʻliq maʼlumotlarni aviakompaniya vakillaridan olish mumkin.
Shuningdek, marshruti Eron havo hududi orqali amalga oshiriladigan bir qator reyslar Oʻzbekiston shaharlaridan kechikish bilan uchib ketdi.