Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda Veleseped haydab ketayotgan yosh oʻsmirni poezd urib ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Hodisa yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 23-oktyabr kuni soat 17:52da «Nurhayot-Salar» temir yoʻl bekatlari oraligʻida sodir boʻlgan. Shu kuni mashinist yoʻlovchi poyezdini boshqarib ketayotgan vaqtida Veleseped minib temir yoʻldan oʻtayotgan 2009-yilda tugʻilgan oʻsmirni urib ketgan.
Qashqadaryolik boʻlgan oʻsmir voqea natijasida tan jarohati olib tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent shahar Yunusobod tumani 7-son shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgan. 2024-yil 24-oktyabr kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish markazining «Bolalar boʻlimi»ga oʻtgazilgan.
Saida Ibodullayeva, «MUHIM24»