Hindiston va Pokiston osmoni zaharli tutun bilan qoplandi

Hindiston va Pokiston osmoni zaharli tutun bilan qoplandi

“Pokistonning sharqiy va Hindistonning shimoliy hududlarida havo ifloslanishi darajasi shunchalik yuqoriki, hosil boʻlgan tutunli tuman kosmosdan ham yaqqol koʻrinmoqda”, deb yozadi CNN.

 

Dunyodagi turli hududlarda havo sifatini kuzatib boruvchi IQAir tadqiqot kompaniyasiga koʻra, ayni paytda eng iflos havo Lahorda kuzatimoqda. Ikkinchi oʻrinda esa Hindistonning Dehli shahri turibdi.

Ifloslanish zavodlar, qishloq xoʻjaligi va avtomobillardan chiqadigan zararli chiqindilar natijasida yuzaga kelgan. Vaziyat yuqori namlik va shamol etishmasligi tufayli yanada ogʻirlashadi. Panjob provinsiyasi rasmislari maktablarni yopib, niqob taqishni majburiy qilib qoʻydi.