Subsidiya olish arizalarini baholash mezonlari o‘zgarmoqda

Subsidiya olish arizalarini baholash mezonlari o‘zgarmoqda

Ipoteka subsidiyalarini olish uchun arizalarni baholash mezonlari oʻzgardi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan arizalarni koʻrib chiqish endi subsidiya.idm.uz maxsus platformasida amalga oshiriladi. Yagona portal (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda arizalar avtomatik ravishda unga yoʻnaltiriladi, davlat xizmatlari markazlari esa murojaat qilingandan keyin bir soat ichida ularni tizimga kiritishi kerak.

Ularni baholashda ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi (eri)ning daromadlari bilan bir qatorda endi kafillik qiluvchilarning yaqin qarindoshlari daromadlari ham hisobga olinadi. Baholash uchun 12 oygacha boʻlgan davr uchun oʻrtacha daromaddan foydalaniladi.

Arizalarni baholashda foydalaniladigan ijtimoiy mezonlarning yangi tizimi tasdiqlandi.