Buxoroda 4 ta tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Vahob Qahhorov Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. 2021-yildan beri Kogon shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi bo‘ldi.
Vobkent tumani hokimi vazifasida 2021-yildan beri ishlab kelayotgan Farhod Umarov esa sog‘ligi yomonlashganligi munosabati bilan o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Qorovulbozor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Akmal Anvarovich Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tayinlandi.