Tramp Parijda Zelenskiy bilan uchrashishni istamagan

Tramp Parijda Zelenskiy bilan uchrashishni istamagan

Tramp Parijda Zelenskiy bilan uchrashishni istamagan, uni bunga Makron koʻndirgan — Axos

Nashri manbalariga koʻra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bir necha kun davomida Donald Trampni Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishga koʻndirishga harakat qilgan. Uchtomonlama uchrashuv qarori uni oʻtkazishdan sal oldin qabul qilingan.

Manbalardan birining aytishicha, uchrashuv 45 daqiqa davom etgan va “yaxshi va samarali” deb taʼriflangan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Parijda Donald Tramp va Emmanuel Makron bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvni “samarali” deb atagan va Trampga “doimgidek qatʼiyatli” boʻlgani uchun minnatdorlik bildirgan.