Tramp NATO sheriklariga tahdid qildi

Tramp NATO sheriklariga tahdid qildi

Tramp yana AQSHni NATOdan chiqarish bilan tahdid qildi.

Qoʻshma Shtatlarning saylangan prezidenti AQSH va Shimoliy Atlantika alyansining boshqa aʼzolari oʻrtasidagi mudofaa xarajatlaridagi farqni “adolatsiz” deb atadi.

“Ular oʻz toʻlovlarini toʻlashlari kerak. Agar bu amalga oshmasa, inauguratsiyadan keyin AQSH-NATO munosabatlarini qayta koʻrib chiqaman”, — deya taʼkidladi Tramp NBC News telekanaliga.

Amerikalik siyosatchi uzoq vaqtdan beri NATOʻning barcha davlatlari ham mudofaa ittifoqi kelishuvlarida qayd etilganidek, oʻz yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini mudofaa xarajatlariga ajratmayotganini tanqid qilib keladi.

Iqtisodiy Tadqiqotlar Instituti maʼlumotlariga koʻra, NATO mamlakatlari orasida Qoʻshma Shtatlardan tashqari, faqat Polsha va Buyuk Britaniya 1990-yildan beri har yili umumiy YAIMning 2 foizidan ortigʻini mudofaaga sarflaydi.  Germaniyada zaruriy mudofaa investitsiyalarining yetishmasligi taxminan 230 milliard yevroni, Italiyada 120 milliard yevroni, Ispaniyada 80 milliard yevrodan ortiqni tashkil qiladi.