Bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya toʻlovi BHMning 500 baravari (hozirda 187,5 mln soʻm) miqdorida boʻladi. Lisenziya oʻzgartirilganda toʻlov shu qiymatning 50 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari bukmekerlik kompaniyasi oʻyin hajmidan tushgan pulning 0,1 foizini litsenziya beruvchi tashkilot hisobiga oʻtkazib turadi.
Bukmekerlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxona ustav kapitali kamida BHMning 150 ming baravari (hozirda 56 mlrd 250 mln soʻm) miqdorida boʻlishi kerak.
Oʻyinlarda ishtirok etuvchilar uchun sarflash mumkin boʻlgan mablagʻlar boʻyicha limitlar joriy qilish ham koʻzda tutilgan.