Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni tugatish boʻyicha Oq uy va Kiyev bilan muzokaralar oʻtkazdi — NBC News.
Maʼlumotlarga koʻra, Tramp maʼmuriyatining kelajakdagi aʼzolari, shu jumladan asosiy lavozimlarga nomzodlar, hozircha Ukrainaga aniq reja taqdim etmagan.
Tramp bundan avval, agar u prezident boʻlganida, Ukrainadagi mojaro umuman boshlanmasligini aytgan. U qayta saylansa, mojaroni 24 soatda hal qilishga vaʼda berdi.
Shu bilan birga, Dmitriy Peskov bu fikrga izoh berib, bunday murakkab masalani bir kunda hal qilishning iloji yoʻqligini taʼkidladi.