Samarqandda gazetalarga majburlab obuna qildirishmoqdami?

Samarqandda gazetalarga majburlab obuna qildirishmoqdami?
Foto: zarnews.uz

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, samarqandlik facebook ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tomonidan sahifasiga viloyatda bir qancha gazetalar obuna mavsumida majburiy obunani boshlashgani iddao qilingan xabar muhokamalarga sabab bo’ldi.

Unda «GorONO» rahbariyati viloyatning  «Zarafshon», «Ovozi Samarqand» va boshqa gazetalarga, qo‘l ostidagi tashkilotlarni MAJBURLAB obuna qildirtirayotgan keltirilgan.

Bu boradagi xabarga viloyatning Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bildirgan munosabatida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi «GorONO» deganda, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarini nazarda tutgan bo‘lsa, viloyatida Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari mavjudligini alohida ta’kidlagan.
Shuningdek, xabar davomida Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining tanqid yuzasidan bergan munosabatlarida, majburiy obuna haqida ushbu post umuman haqiqatga mos kelmasligi aytib o’tilgan.

«Xodimlarga majburiy obuna bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan», deyiladi boshqarma munosabatida.