QOZOG‘ISTON, 25-DEKABR / MUHIM24: Bugun Qozogʻistonning Aqtau shahridagi aeroportga Ozarboyjon havo yoʻllari aviakompaniyasining Embraer ERJ-190AR samolyoti quladi. Ma’lumotlarga koʻra, 4K-AZ65 raqamli samolyot sahnida 60 dan ortiq yoʻlovchilar boʻlgan.
Samolyot Bokudan Grozniy shahri yo‘nalishida uchgan. Halokatdan oldin samolyot eng yaqin aeroportga favqulodda qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan. Uning bortida 67 yo‘lovchi va ekipajning besh a’zosi bo‘lgan. Tengrinews ma’lumotiga ko‘ra, omon qolganlar bor. Qozog‘iston FVV xabar berishicha, halokat joyida yong‘in chiqqan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga samolyot va qushlar galasi toʻqnashuvi sabab boʻlgan.
«Ostorojno, novosti» xabariga ko‘ra, samolyot bortida 100 dan ortiq kishi bo‘lgan. Bortdagilarning 60 dan ortig‘i rossiyaliklar.
Aqtaudagi aviahalokat joyidan 10 dan ortiq yo’lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan viloyat kasalxonasiga yetkazildi — Mangʻistau sogʻliqni saqlash boshqarmasi.
Tengrinews ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istondagi aviahalokatdan omon qolgan 12 kishi shifoxonaga olib borilgan. Rossiyadagi «112» telegram-kanali esa omon qolganlar soni 18 kishi ekanini xabar qilgan. Mash ma’lumotida omon qolganlar soni — 20 dan 50 kishigacha ekani aytilgan. Ularning barchasi samolyotning dum qismida bo‘lgan.
Halokatdan jami 25 kishi omon qolgan. Samolyotning dum qismida o‘tirgan yo‘lovchilarning omadi kelgan. Ular halokatdan keyin salondan mustaqil chiqib olib, bir-biriga yordam ko‘rsatishga kirishgan. 22 kishi shifoxonaga olib borilgan, shundan besh nafari og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Qozog’iston transport vazirligiga ko‘ra, samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarboyjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va uch kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan.
Ilhom Aliyev samolyot qulashi ortidan Rossiyadagi sammitda qatnashmasdan, Ozarbayjonga qaytdi — OAV
Shuningdek, Ozarbayjon prezidentining topshirigʻi bilan Raqamli rivojlanish va transport vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri, Bosh prokuror oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi direktori oʻrinbosari va boshqa davlat idoralari vakillari Qozogʻistonning Aktau shahriga joʻnab ketdi.