2023-yilda “Ayollar daftari”ga 4 mingdan  ziyod xotin-qizlar ro’yxatlari shakllantirildi

2023-yilda “Ayollar daftari”ga 4 mingdan  ziyod xotin-qizlar ro’yxatlari shakllantirildi
foto: tahririyat Media ARXIVI

Imkonsiz ayollarga har qanday holatda ham yordam ko’rsatilib kelinmoqda. 2022-yilda Paxtachi tumanida 28 097 nafar xotin-qizlar bilan muloqotlar oʻtkazilgan va uning yakunlari boʻyicha 3-bosqich “Ayollar daftari”ga 2 539 nafari kiritilib amaliy yordam berilgan.

2022-yil Paxtachi tumanida  “Ayollar daftari” boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil «Muhim24» muxbiri tuman hokimligi Oila va xotin qizlar bo’limi “Ayollar daftari”  bo’yicha mutaxassisi Dilafruz BURXONOVA taqdim etgan ma’lumotlarga tayangan holda xabar bermoqda.

Berilgan ma’lumotlarga ko’ra, Paxtachi tumanida o’tgan 2022-yilda 1 019 nafar ishsiz xotin-qizlarning 42 nafari doimiy ish oʻrinlariga ishga joylashtirilgan. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinganlar 18 nafarni tashkil etdi. meva-sabzavotchilik va uzumchilik oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda dehqon xo’jaliklarining ulushini oshirish bo’yicha 20 st yer ajratilganlar soni 140 nafarni, oʻzini oʻzi band qilganlar 771 nafarni tashkil etib, 28 nafari kasb hunarga oʻqitilib hunar oʻrgatish orqali bandligi taʼminlangan. 313 nafariga subsidiya asosida hokim yordamchilari tomonidan asbob uskunalar berildi.

foto: tahririyat ARXIVI

Shuningdek, 487 nafariga 420 mln soʻmlik asbob-uskunalar olib berildi.

84 nafar tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlarga 642 mln soʻm kreditlar ajratildi.

792 nafar boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga 10 800 00 soʻmdan jami 855 mln soʻm moddiy yordam berildi;

1 nafar boquvchisi boʻlmagan xotin-qizimizning uy-joyi  25 mln soʻmga homiylar tomonidan  taʼmirlab berildi;

339 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan,shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga 1080000 soʻmdan  jami 362,8 mln soʻmlik bir martalik moddiy yordamlar ajratildi.

12 nafar uy-joyga muhtoj, ehtiyojmand xotin-qizlardan 9 nafari ijtimoiy uylarga joylashtirilib, 3 nafariga 6.9 mln  soʻmlik ijara kompensatsiyasi toʻlab berildi;

293 nafar qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga 1 080 000 soʻmdan jami 315 mln soʻmlik bir martalik moddiy yordamlar ajratildi.

2 nafar xotin-qizlarga qushimcha yordamlar sifatida operatsiyasiga 11 mln soʻm ajratilgan. 3 nafar ayollarimizni farzandlariga 13 mln 500 ming soʻmlik OTM to’lov-shartnoma pullari o’tkazib berilgan.

Bugunga qadar esa 2023-yil uchun xatlov jarayoni tugatildi. Hozirda sektorlarda, har bitta mahallada “Ayollar daftari” to’rtinchi bosqichi shakllantirilib ro’yxatlar qabul qilindi. 2023-yil 4 bosqich “Ayollar daftari”ga 4 mingdan  ziyod xotin-qizlarning ro’yxatlari shakllantirildi. 2023-yil yanvar fevral oylarida 3 bosqich “Ayollar daftari” uchun har bitta mahallaning xotin-qizlar faoli ayol va qizlarning xonadonlarida bo’lib o’rganish ishlarini olib borishgan.