«Tayson»ni yer tishlatgan jang qanday o’tdi?

«Tayson»ni yer tishlatgan jang qanday o’tdi?

Oʻzbekistonlik pop-MMA jangchisi Odilxon Kamolov 27-dekabr kun Oktagoning  68-turnirida ishtrok etdi. Turnir  Toshkentdagi «Humo arena» majmuasida boʻlib oʻtdi. Jang chinakam shou bo’la oldi, desak ham mubolag’a bo’lmaydi.

Unga qarshi bu safar oʻzbekistonlik, Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan «Tayson» Jasurbek raqiblik qildi.

«Tayson»  uchun debyutga aylangan bu jang koʻpga choʻzilmay Odilxon «tramplin» bilan gʻalaba qozondi.

Kamolov «Tayson»ning  qoʻlini jarohatladi va  hakam jangni toʻxtatishga majbur boʻldi.

Shunday qilib, uzoq vaqtdan beri kutilayotgan Odilxon – «Tayson» jangi ilk raunddayoq Kamolov hisobiga yakunlandi.

Eslatib oʻtamiz, Odilxon 10 ta jangdan 6 tasi gʻalaba bilan yakunlagan.

Isroil QURDOSHOV, «MUHIM24.UZ» tayyorladi