Ortiq Nigmatov O‘zbekistonning 30-grossmeysteri bo‘ldi

O‘mon davlatida bo‘lib o‘tgan «Muscat International Chess Championship 2024» turnirida qatnashgan hamyurtimiz 8 ochko to‘plab, chempion bo‘ldi.

 

Shuningdek, Nigmatov turnirdan so‘ng reytingini 2500 dan oshirishga erisha oldi. Bu esa unga grossmeysterlik maqomini qo‘lga kiritish huquqini beradi.

Shunday qilib, yurtimizda grossmeysterlar soni 30 nafarga yetdi. Umid qilamizki, tez orada ularning soni yanada ko‘payadi. Iqtidorli yosh shaxmatchilarimiz yetarlicha, ko‘z teg

‎masin.