Tobi qochgan G‘ayrat Do‘stov kuchishlatar tizim tarafidan qiynoqqa solinmaganini bildirdi.
“Xudodan qo‘rqaman. Ichkarida qiynoq bo‘lmadi”-deyd u.
G‘ayrat Do‘stov kaltaklanmagani, lekin boshiga qop kiydirib yerto‘lada saqlashganini bildirdi.
“Urishmadi, lekin boshimga qop kiydirib “padval”ga tushirishdi”, deydi u.
Sud jarayonida Do‘stov to‘satdan tobi qochganligi uchun sud vaqtinchalik tanaffus elon qildi. Doʻstovga hozirda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
Eslatib o‘tamiz, G‘ayrat Doʻstov yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi navbatlar haqidagi tanqidiy videosidan so‘ng 15 kunga hibsga olingan edi. Uning advokati apellyatsiya shikoyatini bergan edi bugun sud jarayoni boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan.