Noqulay ob-havo O’zbekistonning uchta aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

Noqulay ob-havo O’zbekistonning uchta aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

Tuman O‘zbekistonda uchta aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi

Nukus, Urganch va Farg‘ona aeroportlarida noqulay ob-havo tufayli samolyotlarni qabul qilish va uchirishga vaqtincha cheklovlar joriy etildi.

Hozirgacha, Toshkentdan Urganch, Nukus va Farg‘onaga reyslar vaqti surilgan.

Shuningdek, Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyot Buxorodagi muqobil aerodromga qo‘ngan.