Navoiy IESda yangi bug’-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda

Navoiy IESda yangi bug’-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda

Navoiy IESda quvvati 650 MVt bo‘lgan yangi bug‘-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda.

Qurilma ishga tushgach, yiliga qo‘shimcha 4,8 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi hamda 932 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.

Yiliga 870 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Shuningdek, loyiha ishga tushirilishi natijasida 347 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 5-yanvar kuni soat 14:29 da Navoiy IESdagi 12-sonli transformatorda yong‘in sodir bo‘lgandi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.