Paxtachi aholisi tibbiy ko’rikdan o’tkazildi

Paxtachi aholisi tibbiy ko’rikdan o’tkazildi

Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va yaxshilash imkonini beradigan sifatli sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etish, sog‘lom avlod tarbiyasi uchun shart-sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i bilan aholi salomatligi tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilmoqda.

Mobilangiograf apparati, kardiolog, nefrolog, indakrenolog tor doira mutaxassislari, EXO, EKG hamda labaratoriyalari bilan 3-yanvar sanasidan buyon Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasida bo’lib qaytishdi. Ushbu sanadan boshlab tumanda pensiya yoshidagi fuqarolar va yurak kasalliklari bilan ro‘yxatda turuvchi fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

“Kuniga 70-80 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan, Mobilangiograf apparatidan esa 28-30 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kelinmoqda. Hozirgi kunda 159 nafar aholi karinagrafiya appratidan o‘tkazilib, 29 nafariga stent qo‘yilishi, 28 nafar fuqaroda esa ochiq jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zarurligi aniqlanib tushintirildi. Kasalligi aniqlangan 30 nafar bemorlara Samarqand kardiologiya ilmiy tekshirish markaziga sug‘urta asosida davolanishga yuborildi. Aholi bu kabi ko‘riklarning tashkil etilganligidan mamnun bo‘lib davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini aytishmoqda”dedi Paxtachi tuman markaziy poliklinika kadriolog vrachi Ermatov Feruz Abdurahmonovich.

O’z sog’ligiga befarq bo’lmagan fuqaro, albatta kelib ko’riklardan o’tmoqda. Ushbu jarayonlar hali davom etmoqda.

Madina ERKINOVA, «MUHIM24.UZ»