Attraksionlar faoliyatini nazorat qilish uchun ilova paydo bo’ladi

Attraksionlar faoliyatini nazorat qilish uchun ilova paydo bo’ladi

Attraksionlar faoliyatini nazorat qiluvchi mobil ilova paydo bo‘ladi.

Fuqarolar “attraksionnazorati” elektron platforma (mobil ilova) orqali attraksionlardagi nosozliklar, xavfsizlik talablari buzilayotgani va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 26 dekabrida qabul qilingan 886 sonli qaroriga muvofiq, bundan buyon O‘zbekistondagi barcha attraksionlarning Davlat reyestri tuziladi.

Belgilangan talablarni bajargan attraksionlar Davlat reyestriga kiritiladi va QR-kod beriladi. QR-kodlar attraksionga kirish joyida joylashtirilishi kerak. Mijozlar u orqali attraksion haqidagi barcha maʼlumotlarni bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.