Xyustonda kalamushlar politsiya omboriga hujum qilib, musodara qilingan giyohvand moddalarni yo‘q qila boshladi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyatchilardan musodara qilingan 1,2 milliondan ortiq dalil, jumladan, 180 tonnaga yaqin marixuana saqlanayotgan Xyuston politsiya ombori kemiruvchilar hujumiga uchragan. Shahar meri Jon Uitmirning ta’kidlashicha, kalamushlar eski dori vositalarini faol iste’mol qilmoqda.
Politsiya eski zaxiralar yo’q qilingandan so’ng, kemiruvchilar yaqinda qo’lga kiritilgan moddalarga o’tishidan qo’rqishmoqda. Bu kabi muammolarning oldini olish uchun xodimlar 2015-yilgacha ochilgan ishlar bo’yicha dalillarni yo’q qilishga ruxsat so’rashmoqda.