Rossiya bugun ertalab Kiyevdagi «Luch» konstruktorlik byurosiga zarba berganini aytdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi bu Belgorod viloyatiga ATACMS raketa hujumlariga javob ekanligini da’vo qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Kiyevda Lukyanovskaya metro hududi hujumga uchradi. Ochiq manbalarga ko’ra, Luch shu erda joylashgan.
Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari allaqachon Lukyanovkaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbalar bo‘lmaganini, zarar esa urib tushirilgan raketalar qoldiqlari sabab bo‘lganini ma’lum qilgan .