foto: "КазТАГ" twitter sahifasi
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda «Sputnik Kazakistan» axborot agentligi xabar berdi.
Voqea 23-fevral kuni magistral neft quvuri ustidan uchib o‘tayotganda samolyot qattiq qo‘nishni amalga oshirish jarayonida sodir bo’lgan. Natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi.
Hozirda mamlakatning huquq-tartibot idoralari ushbu vertolyot halokati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Halokat transport politsiyasi bo‘limining sudgacha bo‘lgan tergovning yagona reestrida 3-qismi bilan ro‘yxatga olingan. Hodisa bo’yicha Jinoyat kodeksining 344-moddasi «Ehtiyotsizlikdan ikki yoki undan ortiq shaxsning o’limiga sabab bo’lgan havo kemasidan foydalanish yoki harakat xavfsizligi qoidalarini buzish» ayblovi qo’yilib, jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda kecha Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bosh transport prokuraturasi nazorati ostida tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib borilmoqda.
Shuningdek, endilikda Qozog’iston hukumati ushbu turdagi havo kemalarini ishlatuvchi aviakompaniyalarni rejadan tashqari tekshiruvdan o‘tkazmoqchi.