Holat tafsilotlari va ayolning ahvoli ma’lum qilindi.Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ayol eri va qaynonasi tomonidan kaltaklangani aks etgan videolar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat joriy yilning 16-yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Unda 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) va uning 2001-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i (Sh.U.) o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.
Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.
1988-yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan JKning 126(1)-moddasi (oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Jabrlanuvchining tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan», deyiladi xabarda.