Qirg’izistonda masjid yonib ketdi

Qirg’izistonda masjid yonib ketdi

Qirg‘izistonning Chuy viloyatida masjid yonib ketdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Yongʻin haqida xabar olgan toʻrtta oʻt oʻchirish brigadasi soat 20.15 da yongʻinni oʻchirishga kirishgan. Tezkor guruh, suv tashuvchilar, Ichki ishlar vazirligining ikkita brigadasi va tez yordam mashinasi voqea joyiga yetib borgan.

Yong‘in soat 3:00da to‘liq o‘chirildi. 900 kvadrat metrga yaqin maydon yonib ketdi. Qurbonlar yo‘q. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.