Bugun Navoiy viloyatining tug’ilgan kuni

Bugun Navoiy viloyatining tug’ilgan kuni

BU QIZIQARLI, NAVOIY//MUHIM24: 1992-yil 27-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini qaytadan tiklash haqida”gi qarori qabul qilingan.

Unga muvofiq Navoiy viloyati avvalgi chegaralarida qaytadan tiklanib, uning tarkibiga Buxoro viloyatining Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi, Uchquduq tumanlari, Samarqand viloyatining Nurota va Xatirchi tumanlarini kiritildi.

Navoiy shahri viloyatning maʼmuriy markazi etib belgilandi.

Maʼlumot oʻrnida, Navoiy viloyati 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilgan. 1992-yil boshida qayta tiklandi.

Navoiy viloyatining tuman va shaharlari qo’yidagi yillarda tashkil etilgan.

Konimex tumani – 1925-yil
Karmana tumani – 1926-yil
Xatirchi tumani – 1926-yil
Nurota tumani – 1926-yil
Tomdi tumani – 1927-yil
Qiziltepa tumani – 1935-yil
Navoiy shahri – 1958-yil
Zarafshon shahri – 1965- yil
Navbahor tumani – 1980-yil
Uchquduq tumani – 1982-yil
Gʻozg‘on shahri – 2019-yil.