Toshkentda hokim yordamchisi qariyb 640 mln so‘mni “yeb yubordi”

Toshkentda hokim yordamchisi qariyb 640 mln so‘mni “yeb yubordi”

Shayxontohur tumanida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroga ajratilishi kerak bo‘lgan 427,7  mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Shuningdek, amaldor o‘zining qarindoshlariga mahalla hududida yashamagan bo‘lsa-da, qalbaki tavsiyanomalar orqali jami 207,7 mln so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilishiga erishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.