Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar Oʻbekistonga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar Oʻbekistonga qaytarildi

Ota-ona qaramog’isiz qolgan ikki nafar bola Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga olib kelindi.

Bu haqida Ichtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bugun tonggi vaqtda Toshkent aeroportiga murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan ikki nafar voyaga yetmagan fuqaro olib kelindi. Ular ota-onalarining deportatsiya qilinishi natijasida Moskvada qarovsiz qolgan 3 yoshli qizaloq va 15 yoshli o‘g‘il bola boʻlgan.

Bolalarga Moskvadagi «Altufyevo» voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish markazi xodimlari hamrohlik qilingan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalar va ularning oilalariga hayotga moslashish va barqarorlikni tiklash uchun barcha zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi deyiladi xabarda.