Xabaringiz bor, bugun “Manchester Siti” Angliya kubogi doirasida “Leyton Oriyent” bilan bahs olib, borib, 2:1 natija bilan «Siti» hisobiga yakunlandi.
Mazkur uchrashuvning ikkinchi bo‘lim avvalida hamyurtimiz Abduqodir Vitor Reys o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi. Bellashuvning 56-daqiqasida Lyuisning zarbasidan so‘ng to‘p Husanovga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Ushbu to‘qnashuvdan so‘ng angliyalik himoyachi tengdoshi hisoblangan Abduqodir haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“To‘g‘risi, gol Husanovning nomiga yozilganidan juda xursandman. Bu esa menga ham manzur keldi” – dedi angliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini Yevropa Chempionlar ligasi doirasida Ispaniyaning “Real Madrid” bilan kuch sinashadi.