JSST O‘zbekistonga onkologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun bepul dori-darmon yetkazib beradi.
Tashkilot bu bo‘yicha yangi dasturni ishga tushirdi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarining dastlabki partiyasi Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga, keyingi bosqichda Ekvador, Iordaniya, Nepal va Zambiyaga yetkaziladi.
Pilot loyihada ishtirok etuvchi davlatlardagi bemor bolalar yuqori sifatli dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlanadi.