SSKA jamoasining qanot hujumchisi Abbosbek Fayzullayev Yevropa klubiga o‘tish imkoniyati haqida o‘z fikrini bildirdi.
– Albatta, Yevropada o‘ynashni xohlayman. Ammo buning uchun munosib vaqt kelishi kerak. Shubhasiz, Husanovning transferi biz uchun turtki bo‘ldi. Va bu nafaqat menda, balki boshqalarda ham shunday tuyg‘uni uyg‘otdi», – deya Fayzullayevning so‘zlarini keltiradi «Chempionat» nashri.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev 2023 yilning yozida SSKA safiga qo‘shilgan edi.