AQShda katta tortni o’g’rincha yeb qo’ygan opossum veterinariya klinikasiga tushib qoldi.

AQShda katta tortni o’g’rincha yeb qo’ygan opossum veterinariya klinikasiga tushib qoldi.

 

AQSHning Nebraska shtatidagi veterinariya klinikasiga katta shokoladli tortni yeb qo‘ygan opossum olib kelindi. Veterinarlar ko‘rsatgan yordam natijasida mitti hayvonning hayoti saqlab qolindi.

Nebraskalik Kim Dogget ismli ayol uyining terassasida xaltali sutemizuvchi — opossumni ko‘rib qolgan. Uning aytishicha, muzlatkichda yetarli joy yo‘qligi sababli tortni hovlidagi stol ustiga qo‘yib ketgan. Biroz vaqt o‘tib tashqariga qaytib chiqqanida esa tortning deyarli hammasini yeb qo‘ygan opossumni uchratgan.

Avvaliga Dogget va uning oilasi hayvonni terassadan haydab chiqarishga harakat qilishdi, ammo uning o‘rnidan siljishga kuchi qolmaganini va og‘ir nafas olayotganini ko‘rgach, ularning hayvonga rahmi keldi.

Avvaliga u opossumga shokaladning zarari haqida internetga qarab hech narsa topa olmaydi va shirinlik mushuk va itga og’ir ta’sir qilishini o’ylab uni vetklinikaga olib boradi.

Tahlillar natijasida opossumga og’ir tashxis qo’yiladi.

Opossum hozirda davolanmoqda. U reabilitatsiya kursidan o‘tishi kerak. Mart oyining oxirida u tabiatga qo‘yib yuboriladi.

Mana bu haqiqiy o’rnak bo’ladigan ish. Tabiat va hayvonot olamini doim asraylik!

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.