YouTuber 100 kilogramm yuk ko’tarish qobiliyatiga ega ulkan dron yaratdi

YouTuber 100 kilogramm yuk ko’tarish qobiliyatiga ega ulkan dron yaratdi

O’zining ulkan loyihasi uchun blogger qurilmaning og’irligi va ideal energiya sarfini aniq hisoblab chiqdi.

Blogger Saymon Sorensen 100 kilogrammdan ortiq yukni ko‘tara oladigan o‘ziga xos, uyda ishlab chiqarilgan dron bilan internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi.

«Vertolyot kabi o’z vaznidan kattaroq yukni ko’tara oladigan dronlar deyarli yo’q. Buning sababi shundaki, vertolyotlar elektr batareyalariga qaraganda yuqori energiya zichligiga ega bo’lgan qazib olinadigan yoqilg’idan foydalanadi.»,deydi loyiha muallifi Saymon Sorensen.

Sørensen o’zining ulkan loyihasi uchun qurilmaning og’irligi va ideal quvvat sarfini aniq hisoblab chiqqan.

FOTO: YouTube

«Batareya dronning faqat bitta komponentidir, unda ishlatiladigan ramka, dvigatel, rotorlar va boshqa jihozlar ham dronga og’irlik qo’shishi mumkin»,deydi Saymon Sorensen.

Blogger dronning ramkasini alyuminiydan yasashga qaror qildi va markaziy qism uchun diametri 3,5 metr bo‘lgan dronning to‘rt oyog‘ini bog‘laydigan yog‘och asosni tanladi.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, qurilmaga o‘rnatilgan litiy-polimer batareyalar dronning kuchli dvigatelining to‘liq imkoniyatlaridan foydalanishni cheklaydi. Biroq, ularning engil vazni parvoz vaqtini oshiradi. Dron parvonalari ham yengil uglerod tolasidan tayyorlangan bo‘lib, qurilmaning yakuniy og‘irligi atigi 20 kilogrammni tashkil etadi.

Sorensenning ta’kidlashicha, dron maksimal quvvatda 160 kilogramm kuch ishlab chiqarishga qodir. Biroq, yengil lityum batareya dronning ko’tarish kuchini 100 kilogrammgacha cheklaydi.

3D bosilgan o’rnatish moslamasi va to’rtta qo’lning kichik alyuminiy oyoqlari uchishdan keyin dronga qo’nishga yordam beradi.

Jamolbek SALOMOV, tayyorladi