Ramazon Temirovning jangi malum boʻldi

Ramazon Temirovning jangi malum boʻldi

O‘ta yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov joriy hafta yakunida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Hamyurtimiz  2-mart kuni tongida AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night musobaqasi doirasida oktagonga ko‘tariladi.

Unga o‘sha kuni raqiblik qiladi  amerikalik aralash yakka kurash va sobiq boʻkischi Charlz Entoni Jonson boʻladi.

Ramazon mazkur jang uchun so‘nggi tayyorgarliklarni olib borish maqsadida Las-Vegasdagi UFC Performance Institute’ga yetib bordi.