Tanqidiy ruhda o’tgan sessiyada viloyat hokimi v.b. Erkinjon Turdimov Gulistonda sohalarda qoloqlikka yo’l qo’ygani sabab tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Mamadaminov Ulmasjon Yarmaxammatovichni egallab turgan lavozimidan ozod etdi.
Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat olib borgan Djuraev Olimjon Urazalievich hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.