Prezident qaroriga muvofiq shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanish uchun litsenziya varaqasi talab etiladi.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yil apreldan huquqbuzarliklar aniqlanganda tartib quyidagicha bo‘ladi:
-birinchi marta qoidabuzarlik aniqlansa, ogohlantirish beriladi.
-agar 3 kun ichida kamchilik bartaraf etilmasa yoki takrorlansa, sayyor soliq tekshiruvi o‘tkaziladi.
-shundan so‘ng tekshiruv natijalariga asosan rasmiy qaror qabul qilinadi.