Elektr va suvga ortiqcha to’langan 12 mlrd. so’m qaytariladi

Elektr va suvga ortiqcha to’langan 12 mlrd. so’m qaytariladi

O’zbekistonliklarga suv va elektr uchun ortiqcha to’langan 12 milliard so’m qaytariladi.

Raqobatni rivojlantirish qo’mitasi kommunal xizmatlar bo’yicha noqonuniy hisob-kitoblarni aniqladi.

Raqobat qo‘mitasi 2024 yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlarda 200 mingdan ortiq iste’molchilardan turli mahsulotlar va xizmatlar uchun 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ortiqcha olinganini aniqladi.

2024-yilda o’tkazilgan tekshiruvlar va 400 ta ish qo’zg’atilgandan so’ng, 200 mingdan ortiq iste’molchiga 50 milliard so’m qaytarish belgilandi.

Asosiy qonunbuzarliklar:
«Uzsuvta’minot» – 7 milliard so’m noqonuniy daromad
«Hududiy elektr tarmoqlari» – 5 milliard so’m ortiqcha to’lov

Kompaniyalar pullarni fuqarolarga qaytarishga majbur. Nazorat tekshiruvlari davom etmoqda.