Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQShga rasmiy tashrif bilan bordi. Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi va nodir yer metallari boʻyicha kelishuv imzolashi kutilayotgan edi.
Ammo to’satdan vaziyat boshqacha tus oldi. AQSh prezidenti va uning ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi Oval ofisda kechgan uchrashuv Donald Trampning “Yo kelishuvga erishasiz, yo biz chiqib ketamiz”, degan do‘q-po‘pisa qilganidek baqiriq o‘yiniga aylanib ketdi. AQSh yetakchisi keskin muzokaralardan so‘ng Zelenskiyni «tinchlikka tayyor emasligini» aytdi.
Zelenskiy Oq uyni to‘satdan tark etib, foydali qazilmalar bilan bog‘liq bitimni imzolamadi va bu ishi uchun uzr so‘rashdan bosh tortdi. Uning aytishicha, u jamoatchilikning tafovutidan afsusda va Tramp ko‘proq Ukraina tomonida bo‘lishini xohlaydi. Tramp esa o’z fikrlarida, Ukraina yetakchisi AQShga “hurmatsizlik qilgan”i va “qo‘lini haddan tashqari oshirgan”ini ta’kidlagan.