Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlandi, zararlar mlrddan oshgan

Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlandi, zararlar mlrddan oshgan

Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlandi. Zarar – 46,8 mlrd. so‘m. Bu haqda Prokuratura organlari hamda Madaniy meros agentligi xodimlari hamkorligida tarixiy joylardan foydalanish bo‘yicha o’tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, XIX–XX asrlarga oid 3 masjid buzilgan, bittasi ruxsatsiz ta’mirlangan.

Xususan:

Kattaqo‘rg‘ondagi «Kushoq ota» masjidi buzilishi oqibatida 19,6 mlrd;

Urgutdagi «Ahmad Yassaviy» va «Hoji O‘rinboy» masjidlari buzilishi oqibatida 17 mlrd so‘m;

Samarqand tumanidagi «Kulba» yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlanib, 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hodisalar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov va nazorat tadbirlari davom etmoqda.