«Navoiy azot»da portlash yuz berdi: halok bo’lgan va jabrlanganlar bor

«Navoiy azot»da portlash yuz berdi: halok bo’lgan va jabrlanganlar bor

«Navoiy azot»da portlash ovozi eshitildi. 11-mart kuni soat taxminan, 14:10 lar atrofida Navoiy viloyati, Navoiy shaharidagi Navoiy ko‘chasida joylashgan «Navoiy azot» AJ ga qarashli hududda portlash ovozi eshitilib, yong’in alangasi ko’ringan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tarqalgan xabarlarga javoban holat bo’yicha FVV rasmiy munosabat berdi.

Munosabatda keltirilishicha, bugun, 11-mart kuni soat 14:10 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergan. Chaqnash natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Voqea joyiga zudlik bilan 10ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va yong‘in soat  14:20 da qurshab olinib, 14:50 da batamom o‘chirilgan.

Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan-jarohati olgan.

Hozirga jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan.