Hilola Umarova pedagoglarni “Tashabbusli byudjet” uchun pul yig‘ish holatlari haqida xabar berishga chaqirdi

“Biz har bir holatni o‘rganamiz, o‘qituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz”, dedi vazir.

“Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan “Open byudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qildik”, deydi Hilola Umarova.

“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 11-martdan boshlandi.

“Bu loyiha qisqa muddatda ochiqlik, fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirokini oshirishga xizmat qilishi bilan eʼtiborga tushdi. Bu ijobiy islohotlarga o‘qituvchi, taʼlim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yig‘ishlar bilan soya solmaylik”, deb ta’kidladi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri.

Hilola Umarova, pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilinmasligini eslatib o‘tdi va shu kabi holatlarga duch kelgan pedagoglarni vazirlikka murojaat qilishga chaqirdi.

“Biz har bir holatni o‘rganamiz, o‘qituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz”, dedi vazir.

Uning bildirishicha, yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor ishdan olingan.