Kuni kecha Samarqand viloyati, Paxtachi tumani Mudofa ishlari tuman bo’limida bir guruh yigitlarni navbatdagi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv yuzasidan kuzatuv tadbiri o’tkazildi.
Unda Markaziy harbiy okrug Kattaqo‘rg‘on garnizonidan vakil, Mudofaa ishlari bo’limi, tuman IIB, Milliy gvardiya bo’limlari mutasaddilari, Nuroniylar jamoatchilik kengashi rahbari Muzaffar Samandarov hamda harbiy xizmatga jo’nab ketuvchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlarni jo’natishdan oldin ular va ota-onalariga hozirgi harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot va tushunchalar berildi. Nuroniylar rahbari Samandarov avvalgi va hozirgi harbiy xizmatning farqlari, ilgarigi davrdagi uzoq hududlarga oiladan yillar davomida yiroqda bo’lishga majbur bo’lganlari borasida gapirib berdi.
2025-2026-yillar harbiy xizmatni o`tash uchun Paxtachidan 40 nafar yosh askarlar saf tortishdi. Ota-onalarga karrupsion holatlarga qarshi kurashish, bunday holatlarga yo’l qo`yilmaslik haqida fikr yuritildi. Yig’ilish so’nggida ota-onalardan nizom bo’yicha ota-onalar farzandlarini harbiy xizmatga yuborishga roziligi haqida rozilik xatlari yozib berishdi.
Shuningdek, hozirda harbiy xizmatda bo’lgan askarning tashrif buyurib, amaldagi xizmat taassurotlarini o’rtoqlashishi ham ota=onaning, ham yigitlarning ishonchini yanada oshirdi.
Harbiy xizmatga ketuvchilar xizmat davomida O`zbekistonning turli organlari tasarrufida, jumladan, Qurolli kuchlar, IIV, FVV, Milliy gvardiya qo`shinlari safida bo’lishadi.
«MUHIM24.uz»