O’ZBEKISTON TAXTI: OXUNBOBOYEVDAN MIRZIYOYEVGACHA

O’ZBEKISTON TAXTI: OXUNBOBOYEVDAN MIRZIYOYEVGACHA

Siz bu O’zbekistonni boshqarganlardan qaysilarini eslaysiz? E’tibor qarating! Bugun siz bilan yurtimizni boshqargan rahbarlarni esga olamiz

Garchi butun hokimiyat Kompartiya bosh kotibi qo‘lida to‘plangan bo‘lsa-da, rasman respublika rahbari Oliy Sovet Prezidiumi raisi edi. Shu bois mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonni boshqargan rahbarlar ham ushbu ro‘yxatga qo‘shildi.

VIDEONI BU YERDA TOMOSHA QILING:

Xo’sh, O’zbekiston Oliy Sovet Prezidiumi raislari:

Yo’ldosh Oxunboboyev — 1925-yil 17 fevraldan 1938-yil 19 iyuligacha;

1938-yilgacha ushbu funksiya boshqaruvi Markaziy Ijroiya qo‘mitasi bajaruviga o’tadi va endi O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislar deb atala boshlanadi.

1938-yil 21-iyuldan 1943-yil 28 fevralgacha yana Yo’ldosh Oxunboboyev rais bo’ladi;

keyinchalik:

Abduvali Mo’minov — 1943-yil 22 martdan 1947-yil 14 martgacha;

1947-yil 17 martdan 1950-yil 21-avgustgacha Amin Niyozov;

1950-yil 21 avgustdan 1959-yil 24 martgacha Sharof Rashidov;

1959-yil 24-martdan 1970-yil 25 sentabrgacha O’zbekiston SSRning atoqli davlat arbobi Siroj Nuriddinovning rafiqasi Yodgor, yani Yodgora Nasriddinova raislik qiladi;

keyinchalik:

Nazar Matchonov — 1970- 25 sentabrdan 1978-yil 20 dekabrgacha;

Inomjon Usmonxo’jayev — 1978-yil 20 dekabrdan 1983-yil 21 dekabrgacha;

Oqil Salimov — 1983-yil 21 dekabrdan 1986-yil 9 dekabrgacha;

Rafiq Nishonov — 1986-yil 9 dekabrdan 1988-yil 9 aprelgacha;

Po’lat Habibullayev — 1988-yil 9 apreldan 1989-yil 6-martga qadar;

Mirzaolim Ibragimov — 1989-yil 6-martdan 1990-yil 24 martgacha;

1990-yil 24-mart kuni O’zSSRda prezident lavozimi ta’sis etilishi bilan, Oliy Sovet Prezidiumi raisi lavozimi tugatiladi.

O’zbekston Respublikasi prezidentlari:

Islom Karimov — 1990-yil 24-martdan 2016-yil 2-sentabrgacha prezident bo’ladi.

Karimov vafot etgan yili, 2016-yil 2-sentabrdan 2016-yil 8-sentabrgacha olti kun davomida Nig’matilla Yo’ldoshev mamlakatni vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi sifatida boshqargan;

2016-yil 8-sentabrdan hozirgi kunga qadar Shavkat Mirziyoyev prezidentlik vazifasida O’zbekistonni boshqarmoqda.

muhim24ni kuzatishda davom eting.

«Liderlar minbari» loyihasi: O‘zbekiston konchilik sanoatining yetakchisi

«Liderlar minbari» loyihasi: O‘zbekiston konchilik sanoatining yetakchisi

MUHIM24 sayti Siz uchun jamiyatimiz va mamlakatimiz miqyosida muhim bo’lgan, xalq orasida liderlik qilayotgan hamda hammani birdek qiziqtirgan mutasaddi va yetakchi shaxslar haqida ma’lumotlarni taqdim etib borishni maqsad qildi. Siz bunda bizning yangi «Liderlar minbari» bo’limimizni kuzatish orqali tanishib borishingiz mumkin. 1-sonimizda e’tiboringizga NKMKning yetakchisi bo’lmish Quvondiq Sanaqulov haqida so’z yuritmoqchimiz.