Qo‘shiqchi Lola ekologik tashabbus bilan chiqdi

Qo‘shiqchi Lola ekologik tashabbus bilan chiqdi

O‘zbekistonlik yosh qo‘shiqchi Lola o‘zining Instagram sahifasida ekologik masalaga e’tibor qaratgan videoni joylashtirdi. Unda u blogerlar va san’atkorlarni har qanday suratga olish yoki kontent yaratish jarayonidan keyin atrof-muhitni toza qoldirishga chaqirgan.

Lola chiqindilarni yig‘ib, tozalash jarayonini namoyish etib, boshqalarga o‘rnak bo‘lishni maqsad qilgan. Uning bu tashabbusi ko‘pchilik tomonidan ijobiy kutib olindi va ko‘plab foydalanuvchilar unga qo‘shilishini bildirgan.