Qo’shrabotda firibgar uzoqqa bormadi

Qo’shrabotda firibgar uzoqqa bormadi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro M.I. yer firibgarligi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani aniqlandi.

M.I. fuqaro U.T.ning ishonchiga kirib, “Ota” mahalla fuqarolar yig‘inidagi davlat zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 100 million so‘mga sotishga kelishgan. U hujjatlarni keyinchalik rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. M.I. kelishilgan pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.