Tailandning Bangkok shahridagi ko‘p qavatli bino qo‘shni Birmada sodir bo‘lgan kuchli zilzila paytida qulab tushdi. Voqea guvohlar tomonidan videotasvirga olingan va X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan.
Internetga tarqalib ketgan kadrlar deyarli qurib bitkazilgan, o‘nlab qavatli osmono‘par binoning butunlay qulab tushgani va qulab tushayotgani, qurilish changi go’yo bulut kabi osmonga sochilayotganini ko‘rsatadi. Yaqin atrofdagi ishchilar shoshib qochib ketishgan.
AQSh Geologik xizmati ma’lumotlariga ko’ra , seysmologik hodisa 7,7 magnitudali bo’lgan. Zilzila mahalliy vaqt bilan 13:20 da boshlangan, manba o‘n kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer silkinishlari nafaqat ko‘plab binolarga turli darajada zarar yetkazdi, balki Birmadagi ko‘prikni ham vayron qildi, deyiladi xabarlarda.
Bundan tashqari, Shot Telegram kanalining yozishicha, Bangkokdagi rossiyalik sayyohlar kuchli zilzila tufayli mehmonxonalaridan zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Guvohlarning so’zlariga ko’ra, Tailand poytaxtida taxminan, besh daqiqa davomida kuchli silkinishlar sezilgan. Qayd etilishicha, ko‘p qavatli uylarning tom qismidagi hovuzlardan suv oqib tushmoqda.
Jamolbek Salomov tayyorladi