Samarqand viloyatida dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Tayloq tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro D.T.ga Samarqand shahar, “Amir shoh murod” ko‘chasidagi avtoturargohda turli nomdagi 1 904 dona dori vositalarini 11 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.